Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan U16 O‘zbekiston terma jamoasi nazorat uchrashuvida “Bunyodkor-2003” vakillariga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda o‘smirlar terma jamoasi 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Sardor Xojiboev hamda Rustam Turdimurodov mualliflik qildi. Nazorat uchrashuvi U16 O’zbekiston 2-0 “Bunyodkor-2003” Gol: Sardor Xojiboyev, Rustam Turdimurodov
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi terma jamoamizning navbatdagi yig’iniga 25 nafar futbolchi jalb etildi. Ushbu yig’in davomida o’smirlarimiz 3 ta nazorat o’yinida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston o’smirlari Bahraynda o’tadigan Osiyo chempionati guruh bosqichida Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan kuch
O’FA Ijroqoʼmi yig’ilishida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan hisobotning ba’zi mavzularini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugungi infografikamiz orqali mutaxassislar malakasini oshirish va ta’lim yo’nalishida bajarilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Bahraynda o‘tadigan U-16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etilmoqda. Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi.
Yurtimizda o’tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan U19 O’zbekiston terma jamoasi “Chig’atoy” bazasida navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi.