Free ebooks Library zlibrary project

Toshkent shahrida 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunladi. Qiziqarli oʻtgan musobaqaning hal qiluvchi oʻyinida AGMK qizlari “Sevinch” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning asosiy vaqtida 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Shundan keyin jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda olmaliqlik qizlar gʻalaba qozonishdi. Shu tariqda AGMK jamoasi 16 yoshgacha qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida bosh sovringa ega chiqdi.

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Toshkentdagi yigʻin doirasida koreyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Ravshan Haydarov shogirdlari bugun mazkur uchrashuv oldidan rasmiy mashgʻulot oʻtkazdi. Quyida mashgʻulotlardan olingan fotogalereya bilan tanishishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 — Koreya U-20 oʻyini 5-noyabr kuni “Lokomotiv” stadionida soat 15:00 da start oladi.