Free ebooks Library zlibrary project

2023-yilning 9-yanvar kunidan FIFA futbol agentlari faoliyati boʻyicha yangi Reglamentning amalga kiritilishi munosabati bilan aʼzo assotsiatsiyalarda agentlik litsenziyasini olish uchun imtihonlar oʻtkazilishi belgilab oʻtildi.  Endilikda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurisdiksiyasi doirasida mahalliy talabgorlar FIFA agenti boʻlish uchun litsenziya imtihonlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Joriy yilning 9-yanvaridan boshlab futbol agenti boʻlishga talabgorlar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga FIFA Agent Platformasi (Agent Platform https://agents.fifa.com/home) ga oʻz arizalari (application) ni toʻldirib yuborishlari mumkin. Eslatma: Futbol agenti sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya imtihonlari maʼlum bir muddatlarda amalga oshiriladi. Demak, 2023-yilda quyidagi sanalarda arizalar qabuli boʻlib oʻtadi: 2023-yil 19-aprelda boʻlib oʻtadigan birinchi futbol agenti imtihoni uchun 2023-yil 15-martgacha; 2023-yil 20-sentyabrda boʻlib oʻtadigan ikkinchi futbol agenti imtihoni uchun 2023-yil 1-maydan to 2023-yil 31-iyulgacha davom etadi. 

Batafsil

OFK Prezidenti: ➖ Shayx Salmon Bin Ibrohim Al Halifa (🇧🇭 Bahrayn) OFK Vitse-prezidenti: ➖ Gʻarbiy Mintaqa — Hashem Haydar (🇱🇧Livan) ➖ Sharqiy Mintaqa — Ganbaatar Amgalanbaatar (🇲🇳 Moʻgʻuliston) ➖ Janubiy Mintaqa — Ugen Tsechup (🇧🇹 Butan) ➖ Markaziy Mintaqa — Mehdi Taj (🇮🇷 Eron) ➖ Janubi-Sharqiy Mintaqa — Zav Zav (🇲🇲 Myanma) FIFA Kengashi vakillari: 

Batafsil

Bugun 1-fevral kuni Bahraynda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 33-Kongressi bo’lib o’tdi. Kongressda vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha boʻlgan Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasining yangi tarkibi eʼlon qilindi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya Qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida saylandi.

Kongressda OFK Ijroiya qoʻmitasining vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha boʻlgan yangi tarkibi hamda FIFA kengashidagi tashkilot vakillari saylanadi. Kongress kun tartibidan Tashkilot Bosh kotibi, qoʻmitalar va organlarning hisobotlari oʻrin olgan. Shuningdek, OFK Kongressida 2027-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish masalasi ham muhokama qilinadi va mezbon davlat ovoz berish orqali tasdiqlanadi. Maʼlumot uchun, 🇺🇿 OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan 

Batafsil