LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar qoʻmitasining beshinchi yigʻilishida Qatar davlati 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi-2024™ mezboni sifatida maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr oyida futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Qatar beshta nomzodlar orasidan (Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari) Qoʻmita tomonidan tanlab olindi. 

Batafsil

Ertaga Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi navbatdagi yigʻinga kirishadi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi jamoamiz 17-20-sentyabr kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulotlarini olib boradi. Shundan keyin vakillarimiz koreyalik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga joʻnab ketishadi. Bahslar 23 va 26-sentyabr kunlari Hvason shahrida boʻlib oʻtadi.

Oʻyin haqida – Bugun gʻalaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr soʻrayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. Boʻriyevning oʻyin davomidagi harakatlari – U oʻyin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun oʻyin qiyin boʻldi. Afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat 

Batafsil