Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi. Maʼlumot oʻrnida, vakillarimiz bugun JCh oldidan soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun dastlab Madridga yoʻl oldi, keyin esa Montevideoga joʻnab ketadi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining JCh guruh bosqichi oʻyinlari vaqti bilan tanishing. 🕘 Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2-may kuni Toshkentda navbatdagi yigʻinlarini boshlaydi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston U20 terma jamoasi Ispaniyada o’quv mashg’ulot yig’inlarini davom ettirmoqda. Ravshan Haydarov jamoasi navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvida Dominikan Respiblikasi terma jamoasini mag’lub etdi Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston 3:0 Dominikan R. Gollar: Shahzod Rahmatullayev 20’, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 40’ (p), Abbosbek Fayzullaev 75’ (p).
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati oldidan Urugvayda soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazadi. Ravshan Haydarov shogirdlar yigʻin doirasida urugvaylik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. Oʻyin 13-may sanasida boʻlib oʻtadi.