Free ebooks Library zlibrary project

Joriy yilning 15-iyunidan 2-iyuligacha Bangkok va Chonburida oʻtkaziladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga qurʼa tashlandi. Onlayn tarzda oʻtkazilgan marosimda 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralandi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiya, Hindiston va Vyetnam bilan birgalikda “D” guruhidan joy oldi. “D” guruhi 🇯🇵 Yaponiya 🇮🇳 Hindiston 🇻🇳 Vyetnam 🇺🇿 Oʻzbekiston Qayd etish kerak, Osiyo kubogi final bosqichi oʻyinlari qoʻshimcha ravishda FIFA U-17 Jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Urugvayga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Uchrashuv mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamizning goliga Lazizbek Mirzayev mualliflik qildi. 🇺🇾 Urugvay 2:1 Oʻzbekiston 🇺🇿 Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining tarkibi: Asilbek Numonov MuhammadBobur Karimov Ozodbek Uktamov Lazizbek Mirzayev Amirbek Saidov Behruz Djumatov Shodiyor Shodiboyev Ollabergan Karimov Sherzod Abdulboriyev Oybek Oʻrmonjonov Dilshod Abdullayev 

Batafsil

Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi mart oyida Lotin Amerikasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Mazkur yigʻin doirasida Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Urugvay va Argentina oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. U-17 Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 4-mart Urugvay 🆚 Oʻzbekiston 6-mart Urugvay 🆚 Oʻzbekiston 8-mart Argentina 🆚 Oʻzbekiston 10-mart Argentina 🆚 Oʻzbekiston