Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 10-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati doirasida Mali U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:3 hisobida mag’lub bo‘ldi. Mamadu Dumbianing xet-triki Mali U-17 terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 13-noyabr kuni Jahon chempionatining 2-turi doirasida Kanada U-17 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Bugun, 3-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Meksika U-17 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 45-daqiqada Lazizbek Mirzayev hisobni ochdi. 76-daqiqada esa Muhammadali Reimov oradagi farqni ikkitaga oshirdi va jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 10-noyabr kuni Jahon chempionatining 1-turi doirasida Mali U-17 

Batafsil

Joriy yilning 21-27-avgust kunlari Tojikistonning Hisor shahrida “CAFA U-17 Championship–2023” turniri o‘tkazildi. Musobaqada Tojikiston, O‘zbekiston, Eron, Afg‘oniston va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari ishtirok etdi. To‘rt o‘yinda 9 ochko jamg‘argan Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xuddi shuncha oochkoga ega O‘zbekiston terma jamoasi o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyat sababli 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Shuningdek, Afg‘oniston terma 

Batafsil

Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlagan Oʻzbekiston U17 terma jamoasi 1-avgust kuni Toshkentda navbatdagi yigʻinga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari 5-avgustga qadar yurtimizda mashgʻulot oʻtkazadi. Shundan keyin jamoa xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Yaponiyaga joʻnab ketadi. Bosh murabbiy tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.