Free ebooks Library zlibrary project

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa OFK Ijroiya qo’mitasining 11-yig’ilishiga raislik qildi va Qatar Futbol Assotsiatsiyasini bo’lajak yirik turnir uchun mezbonligi bilan tabrikladi: “OFK va Osiyo futbol oilasi nomidan Qatar futbol assotsiatsiyasini yaqinlashib kelayotgan OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish huquqi berilgani bilan tabriklayman. Shuningdek, Indoneziya futbol assotsiatsiyasi va Koreya futbol assotsiatsiyasiga turnirni 

Batafsil

Faxriylar Oliy ligasining turli soha vakillaridan tuzilgan 40 yosh va undan kattalardan iborat futbol jamoasi joriy yilning 19-23-oktyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan “Antalya Soccer Cup — 2022” xalqaro turnirida ishtirok etib yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ushbu xalqaro turnirda Oʻzbekiston faxriylar terma jamoasidan tashqari Angliya, Germaniya, Marokash, Belgiya, Kanada va Turkiya kabi jami 24 

Batafsil

Hindistonda davom etayotgan 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining “C” guruhidan oʻrin olgan Ispaniya — Meksika bahsida oʻzbekistonlik hakamlar ishlaydi. Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida koʻmaklashadi. Mazkur oʻyin 15-oktyabr kuni soat 20:00 da start oladi.

Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi bugundan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshladi. Jamoamizning Toshkentdagi mashgʻulotlari 19-oktyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Shundan keyin vakilalarimiz CAFA turnirida ishtirok etish uchun Tojikistonga joʻnab ketadilar. Vladimir Panov tomonidan ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.

Joriy yilning avgust oyida davlatimiz rahbari Bekobod shahrida joylashgan “Metallurg” klubi qoshidagi “El Golazo” futbol akademiyasiga tashrif buyurgan edi. Prezidentimiz akademiyada yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirgach, mutasaddilarga bu futbol maktabi tajribasini ommalashtirish boʻyicha koʻrsatma bergan. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorati maktablari, hududiy futbol assotsiatsiyalar, futbol klublari, akademiyalar 

Batafsil