Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 9-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Mazkur uchrashuvdagi gollarga Dmitriy Shimanovski (2’) va Vladislav Sialyuk (11’) mualliflik qildi. Bahs avvalida esa kuni kecha 60 yillik yubileyini nishonlagan futzal murabbiyi Aleksandr Petrov esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bugun 7-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi nazorat uchrashuvi oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jamoamizning gollariga Abror Ahmetzyanov (38’) va Dilshod Rahmatov (39’) mualliflik qildi. Ushbu jamoalar o’rtasidagi ikkinchi bahs 9-fevral kuni soat 16:00 da start oladi.

Bugun 3-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Nijniy Nocgorod shahridagi “Meshcherskiy” sport markazida Rossiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining goliga Dilshod Rahmatov mualliflik qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamizning navbatdagi uchrashuvini 7-fevral kuni Belarus terma jamoasiga 

Batafsil

Bugun 1-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Nijniy Novgorod shahridagi “Meshcherskiy” sport markazida Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining gollariga Akbar Usmonov va Ilhom Hamroyev mualliflik qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamizning Rossiyaga qarshi keyingi uchrashuvi 3-fevral 

Batafsil