Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 2-noyabr kuni navbatdagi yigʻinlarini boshlaydi. Yigʻin doirasida jamoamiz Marokash futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Oʻyinlar 7-8-noyabr kunlari Rabat shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 7-noyabr 🇲🇦 Marokash — Oʻzbekiston 🇺🇿 8-noyabr 🇲🇦 Marokash — Oʻzbekiston 🇺🇿 Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futzalchilarning roʻyxati bilan tanishing.

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritgani munosabati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov nomiga tabrik yoʻlladi. “Kuvaytda boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha Osiyo kubogida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritganingiz bilan sizni va Oʻzbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman. Oʻzbekiston futzal milliy 

Batafsil

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogining 3-o‘rin uchun bahsida Tailandga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va gollarga boy boʻlgan bahsda Bahodir Ahmedov shogirdlari yirik hisobda gʻalaba qozonib, Osiyo kubogida bronza medallarini qoʻlga kiritdilar. 🇹🇭 Tailand 2:8 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gollar: Vingvon 2’, Ixtiyor Ropiyev 2’, 26’, Davron Choriyev 6’, Elbek To’lqinov 14’ , Husniddin Nishonov 16’, 

Batafsil

Futzal bo‘yicha Quvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O’zbekiston – Yaponiya bahsi yakuniga yetdi Oʻzbekiston 1:2 Yaponiya Gollar: Ilhom Hamroyev 16′, Artur Oliveyra 23′, Sora Kanazava 30′ Shu tariqa, Eron finalda Yaponiya terma jamoasiga qarshi parketga chiqadi. 3-o‘rin uchun bahs esa O‘zbekiston hamda Tailand termalari o‘rtasida kechadi.