O’zbekiston futzal terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi. Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz bugun o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun Olmaliq shahrida jamlandi. Murabbiylar shtabi 17-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur yig’inga 20 nafar futzalchini jalb etgan. Futzal terma jamoamiz Osiyo chempionati “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. 

Batafsil

Butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol sport turiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Natijada turli mamlakatlarda o’tkazilishi reja qilingan ko’plab xalqaro turnirlar keyingi yilga qoldirilmoqda. Shu o’rinda, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2020-yil Bahrayn va O’zbekistonda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan U16 hamda U19 Osiyo chempionatlarini boshqa muddatga ko’chirilishini bo’yicha mavjud imkoniyatlar o’rganib chiqilishi haqida a’zo futbol assotsiatsiyalarga rasmiy 

Batafsil

O’zbekiston futzal terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi. Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz 4-18 sentyabr kunlari Olmaliq shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. Murabbiylar shtabi ushbu yig’inga 20 nafar futzalchini jalb etgan. Futzal terma jamoamiz noyabr oyida o’tadigan Osiyo chempionati “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Mazkur 

Batafsil

Shu yilning 26-fevral – 8-mart kunlari qo‘shni Turkmanistonda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Osiyo futbol konfederatsiyasi koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda futzal bo‘yicha qit’a birinchiligini biroz keyinroq muddatga qoldirdi. Musobaqa sanalari keyinroq ma’lum qilinadi. Qayd etish joiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu kunlarda Turkmanistonda o‘tkaziladigan Osiyo 

Batafsil

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 26-yanvardan boshlab yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Ayni paytda terma jamoamiz kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugungi mashg‘ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: