Tojikistonda davom etayotgan “CAFA U-15 Womenʼs Championship 2022” turniri doirasida Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini oʻtkazdi. Vladimir Panov shogirdlari mazkur oʻyinda eronlik tengdoshlari bilan durangga imzo chekishdi. Eron 2:2 Oʻzbekiston Gollar: Mehribon Egamberdiyeva 28’, Diyora Baxtiyorova 35’, Parnia Rahmani 69’, 73’.

“CAFA U-15 Womenʼs Championship 2022” musobaqasining birinchi tur oʻyinlari oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarga turnirga oid ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish va koʻrsatmalar berib oʻtildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini ertaga Tojikistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.