Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 5-daqiqasida alisher Odilov hisobni ochdi, 50-daqiqada esa raqib futbolchisi hisobni tenglashtirgan bo’lsa, 54-daqiqada Husain Norchayev penaltidan gol kiritib, jamoamizga g‘alaba keltirdi. Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz Qatar mamlakati mezbonlik qiladi Osiyo kubogida ishtirok etadi.
Bugun, 16-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Misr U-23 terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 27-daqiqada Alisher Odilov hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 53-daqiqasida Rustam Lutfullin Mahmudjon Mahammadjonovni maydondan chetlashtirdi. 73-daqiqada Bilol Mazher, 89-daqiqada Ziyad Muhammad gol urib Misr g‘alabasini ta’minladi.
Bugun, 13-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsda Timur Kapadze 24 nafar futbolchini maydonga tushirdi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 16-oktyabr kuni Misr Olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o’yinlari futbol bahslarining 3-o‘rin uchun bellashuvini o’tkazdi. Gong Kongga qarshi maydonga tushgan vakillarimiz, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida ilk bor bronza medallariga ega chiqdi. Oʻzbekiston 4 – 0 Gong Kong Gollar: Alisher Odilov 43’, Husayn Norchayev 49’. 59’, Alibek Davronov 74’
Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o’yinlari futbol bahslarining yarim final uchrashuvini o’tkazdi. Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushgan vakillarimiz, afsuski, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Endi ular 7-oktyabr kuni Gonkongga qarshi bronza medali uchun kuch sinashishadi. Janubiy Koreya 2 – 1 Oʻzbekiston Gollar: Vu Yeong 4ʼ, 38ʼ – Jasur Jaloliddinov 25ʼ