Free ebooks Library zlibrary project

Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi U22 O’zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda.

Jamoa vakillari yig’in doirasida dastlabki nazorat bahsini “Andijon” klubiga qarshi o’tkazdi. Shohrux Abdurahmonov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda yoshlarimizga 1-0 hisobidagi g’alabani taqdim etdi.

Kecha U22 terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida navbatdagi bahsga tayyorgarlik mashg’ulotlarini olib bordi. Bugun esa ular Superliganing yana bir klubi “Qo’qon-1912” a’zolariga qarshi maydonga tushadilar. Ushbu uchrashuv soat 16.00 da “JAR” sport majmuasida bo’lib o’tadi.