Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston ayollar terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turniri doirasida Nigeriyaga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi.

“Emir Hotels” sport majmuasida o’tgan mashg’ulotlarda murabbiylar shtabi asosan texnik va taktik tayyorgarlikka e’tibor qaratdi. Tarkibdan joy olgan barcha futbolchilarning sog’ligi va ruhiy holati a’lo darajada hamda ular bugungi uchrashuvda Afrikaning 11 karra chempionlariga qarshi munosib o’yin namoyish etishni maqsad qilgan.

Bugun ayollar milliy terma jamoamiz hamda Nigeriya vakillari o’rtasidagi bahs O’zbekiston vaqti bilan soat 21.00 da start oladi. Mazkur o’yinga Antaliya shahrida joylashgan “Emir Hotels” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

O’zbek futbol ixlosmandlari uchun ushbu uchrashuv ham O’FA Mediasining Youtube va Sportrecs platformalaridagi sahifalarida jonli efirda video translyatsiya qiladi. Shuningdek, “Sport” telekanali ham O’zbekiston va Nigeriya ayollar milliy terma jamoalari o’rtasidagi bahsni namoyish etishni rejalashtirgan.

Mazkur o’yinni Jansu Tiryak boshchiligidagi turkiyalik FIFA hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Yon qanotlarda unda Go’k Deybet va Yilmaz Betul yordamkashadi. To’rtinchi hakam Durmush Gamze.