Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbek futboli afsonasi, faxriy futbolchi, mahoratli murabbiy, futbolimiz fidoiysi Birodar Abduraimovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz!

Birodar Abduraimov haqli ravishda o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri hisoblanadi. Murabbiy sifatida esa 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz chempionligiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan.

Birodar Hasanovichning xizmatlari davlatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan va u turli yillarda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi», «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonlari va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Birodar Xasanovich bugungi kunda ham futbolimizdagi barcha jarayonlarda faol ishtirok etib, ulkan tajribasi bilan o‘rtoqlashib kelmoqdalar. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan Birodar Xasanovichni 77 yoshligi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz!