Free ebooks Library zlibrary project

U-23 Osiyo chempionatida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda BAA olimpiyachilari terma jamoamizga raqiblik qildi.

Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan o‘yinda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 5:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

 

U-23 Osiyo chempionati | Chorak final

BAA – O‘zbekiston 1:5

Gollar: Zayed Al Amiri (13) – Ilhomjon Alijonov (16), Islomjon Qobilov (26), Oybek Bozorov (41), Jasurbek Yaxshiboev (84), Nurillo To‘xtasinov (90+3).

O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov (Dilshod Saitov, 88), 4.Abdulla Abdullaev, 6.Azizjon G‘aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhomjon Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov (Doston Ibragimov, 77), 23.Oybek Bozorov (Nurillo To‘xtasinov, 64).

Ogohlantirishlar: Ali Solih (66), Majid Rashid (49) – Husniddin Aliqulov (72).