Free ebooks Library zlibrary project

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida tashkil etilgan o’quv-mashg’ulot yig’inini yakunladi.

Ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan terma jamoamiz bugun tunda Antalya shahriga yo’l oladi. Delegatsiya Toshkent-Istanbul-Antalya havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Antalya xalqaro aeroportiga yetib boradi.

O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Dastlabki bahsda vakillarimiz Afrikaning ikki karra chempioni Ekvator Gvineyasiga qarshi kurash olib boradi. Mazkur bahs “Emir Hotels” sport majmuasi maydonida bo’lib o’tadi.