Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston ayollar terma jamoasi Antalya shahrida tashkil etilgan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashdi.

Afrika chempionlari hisoblangan Ekvator Gvineyasi va Nigeriya vakillariga qarshi bahslardan so’ng, Bahrom Norsafarov shogirdlari Rossiyaning ikki karra chempioni “SSKA” klubi bilan bellashdi.

“Emir Hotels” sport majmuasida o’tgan bugungi bahsda ayollar terma jamoamiz 1-0 hisobida zafar quchdi. Nilufar Qudratova tomonidan kiritilgan gol yakunda vakillarimizga ushbu g’alabani taqdim etdi.

“Festival Women’s Trophy 2021”
3-tur

“SSKA” 0-1 O’zbekiston

Gol: Nilufar Qudratova 13′