Argentina vakillari O’zbekiston futzal terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazish uchun Toshkent shahriga keldi.

24 kishilik Argentina delegatsiyasi 30-dan 31-yanvarga o’tar kechasi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi

Argentinaliklar soat 18.00 dan boshlab “O’zbekiston” sport majmuasida birinchi mashg’ulotlarini o’tkazadi. Mashg’ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.