Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritgani munosabati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov nomiga tabrik yoʻlladi.

“Kuvaytda boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha Osiyo kubogida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritganingiz bilan sizni va Oʻzbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining musobaqa davomida koʻrsatgan ajoyib oʻyinlari Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi tomonidan futzalni rivojlantirish va ommalashtirish yoʻlida amalga oshirilgan mehnat va saʼy-harakatlaridan dalolatdir.

Bahodir Ahmedov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin oʻyinlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bu gʻalaba jamoani kelajakda yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishga undashiga ishonaman.

Oʻzbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, deyiladi OFK prezidentining tabrigida.