Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi. Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur saralash bahslarini oʻz maydonlarida qabul qiladigan mamlakatlar nomini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan uchrashuvlar yurtimizda oʻtkaziladigan boʻldi. Mazkur oʻyinlar 8, 11 va 14-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot oʻrnida, saralash bosqichga 24-fevral kuni qurʼa tashlanadi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.